Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta'limi bölimi rahbari qotillik qurboni böldi.

Navoiy viloyati Içki işlar boş boşqarmasi viloyat prokuraturasiga tayanib, Kun.uz muxbiriga Navbahor tumani xalq ta'limi bölimi rahbari bölgan Madina Ataniyazova öz turmuş örtoği tomonidan vahşiylarça öldirilgani haqida ma'lumot berdi.

«Dastlabki tergov hujjatlariga köra, 1976 yilda Navoiy şahrida tuğilgan Ş.R 2019 yil 6 sentabr kuni soat taxminan 16:00larda turmuş örtoği M.A. bilan örtalarida oldindan bölgan özaro kelişmovçilik zamirida uni öldiriş maqsadida uning Navbahor tumani «Yangiyöl» MFY, Muruvvat köçasidagi yaşaş xonadoniga kelib, uşbu xonadon hovlisiga yaşirin ravişda devor oşib kirgan. U M.A.ning yotoqxonasiga deraza orqali kirib, xonadagi kiyim javoni ortiga yaşiringan va turmuş örtoği xonaga kirişini poylab ötirgan.

Şu kuni soat taxminan 20:20larda M.A. işdan kelib, egnidagi kiyimlarini almaştiriş maqsadida yotoqxonasiga kirgan vaqtida Ş.R. xonadagi kiyim javoni ortidan çiqib, M.A.ga qölidagi oşxona piçoği bilan hujum qilgan. Böyin, kökrak qafasi va qorin sohalariga qölidagi oşxona piçoğini bir neça marta sançib olib, unga ötkir kesuvçi-sançuvçi oğir jarohatlar yetkazib, hodisa joyidan yaşiringan. M.A. olgan tan jarohatlaridan içki va taşqi qon ketişi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat işi böyiça Ş.R. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qasddan odam öldiriş jinoyatini sodir qilganlikda gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.

Hozirda mazkur jinoyat işi böyiça Navoiy viloyat prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Navoiy viloyati Içki işlar boş boşqarmasi xabarida.