Özbekistondan yölga çiqib, Atirauga qarab ketayotgan oğir yuk maşinalari noma'lum şaxslar tomonidan toşböron qilindi. Bu haqda Facebook’dagi «OCA» guruhida foydalanuvçi Nurillo Nuriddinov xabar berdi, deb yozmoqda Tengrinews. 

Xabar muallifining sözlariga köra, voqea 7 sentabr kuni, oğirlik nazorati postidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda sodir bölgan. 

Röy bergan hodisadan keyin olingan videoda jiddiy zarar yetgan va old oynalari darz ketgan maşinalar aks etgan.