AQŞ «Tolibon» bilan muzokaralar ötkazişdan boş tortgani Afğonistondagi amerikaliklar hayotini jiddiy xavf ostida qoldiradi. «Tolibon»ning rasmiy vakili Zabihullo Mujohid AQŞni şunday yöqotişlardan ogohlantirdi.

«Amerikaliklar muzokaralardan boş tortişgani uçun avvalgidan ham köra köproq jabr çekişadi», - deyiladi harakat tomonidan tarqatilgan bayonotda.

Zabihullo Mujohidning sözlariga köra, tomonlar örtasidagi muzokaralar şanba kuniga qadar muvaffaqiyatli keçayotgandi. 23 sentyabrga Afğonistonda içki muloqot boşlanişi belgilangandi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 5 sentabr kuni Kobulda sodir etilgan va 12 kişining hayotiga zomin bölgan (jumladan, bir nafar amerikalik harbiy) teraktdan keyin «Tolibon» harakati yetakçilari bilan ötkazilişi belgilangan uçraşuvni bekor qildi.