Özbekistonning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yil 8 sentabr Qozoğistonning Turkiston viloyati hududida Çimkent-Samara avtotrassasida yöl-transport hodisasi röy berdi. 

TIV xabarida aytilişiça, unda 4 kişi jabrlandi. Ikki nafar ayol - M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etdi. Davlat raqami 40R988QA bölgan «Neksiya» avtomaşinasi haydovçisi M.U. Ördabasi tumani tez yordam şifoxonasining reanimatsiya bölimiga joylaştirilgan.

YTH böyiça jinoiy iş oçilib, tergov olib borilmoqda.

Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va tibbiyot muassasa bilan tezkor aloqa örnatgan hamda marhumlarning jasadlarini vatanga yuboriş böyiça konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalar bilan şuğullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Qozoğistonning Olmaota va Çimkent şaharlari, Olmaota, Şarqiy Qozoğiston, Turkiston, Jambil va Qizilörda viloyatlari hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.