Amerika Qöşma Ştatlarining global media Agentligi (USAGM) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) direktori Komil Allamjonovning «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi özbek xizmati – «Ozodlik» radiosi tomonidan jurnalistik etika qoidalarini buzganliklari töğrisidagi bayonotiga izoh berdi.

USAGM – Amerika Qöşma Ştatlari hukumatining mustaqil agentligi bölib, uning tarkibiga «Amerika ovozi», «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi (RFE/RL) va boşqa radioeşittiriş tuzilmalari kiradi.

Amerika agentligining boş ijroçi direktori Jon Lensingning ta'kidlaşiça, USAGM jurnalistik etika qoidalari buzilişiga oid barça bayonotlarga jiddiy yondaşadi hamda «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosining biror xizmati yoki jurnalistining notöğri talqinlariga yöl qöymaydi va oqlamaydi. Agentlik rahbari «xolislik va beğarazlikning eng yuqori standartlariga rioya qiliş muhimligini» ta'kidladi, çunki ular, Jon Lensingning qayd qilişiça, AQŞ global media agentligi ham amal qiladigan «asosiy tamoyillardir».

«RFE/RL»ning qayta tayinlangan prezidenti va boş ijroçi direktori Jyeymi Flay «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi özbek xizmati faoliyati bilan boğliq taşvişlar yetkazilgani uçun minnatdorçilik bildirdi va keltirilgan faktlarni batafsil örganişini ta'kidladi.  

Avvalroq, AOKA direktori «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi özbek xizmatining iş uslubiga nisbatan öz xavotirini bildirgan va uşbu radioeşittirişlar taşkilotining Özbekiston bilan boğliq faoliyatida noxolislik va noprofessionallik mavjudligini qayd etgan edi. Şuningdek, Agentlik direktori «Ozodlik» radiosi tomonidan aldamçilik bilan axborot yiğiş, audioyozuvlarni soxtalaştiriş va «soxta akkaunt»lardan asossiz ma'lumotlarni tarqatiş uçun foydalaniş holatlarini aytib ötgan edi.