Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi “Yuridik va jismoniy şaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik va issiq suvni hisobga oliş uskunalarini (hisoblagiçlarni) yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatiş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida”gi 698-sonli qarori bilan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik va issiq suvni hisobga oliş uskunalarini qiyoslaşdan ötkaziş böyiça ma'muriy reglamentlar tasdiqlandi.

2019 yil 1 noyabrdan boşlab hisobga oliş uskunalarini qiyoslovdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi.

Qarorga köra, hisobga oliş uskunalarini qiyoslaş davriyligi yuridik şaxslar uçun – 4 yil, jismoniy şaxslar uçun – 8 yilni taşkil etişi belgilangan. 

Mazkur Reglament yuridik va jismoniy şaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali elektr energiyasini hisobga oliş (hisoblagiç) uskunasini yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatiş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş tartibini belgilaydi.

Biroq, mazkur reglament talablari Özbekiston Respublikasi prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimini jadal joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida» 2017 yil 13 noyabrdagi PQ-3384-son qaroriga köra, örnatilayotgan hisobga oliş uskunalari, şuningdek, ölçov komplekslariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ matbuot xizmati xabariga köra, ayni paytda örnatilayotgan elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi (ASKUE)da işlovçi zamonaviy elektr hisoblagiçlar 8 yilda emas, 10 yilda bir marta davlat qiyoslovidan ötkaziladi.