Prezident “Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
2020 yil 1 yanvardan xususiy notarial idoralar taşkil etiladi. Qayd etilişiça, bu özgariş aholining notarial idorada navbat kutib qolişi va idorama-idora sarson bölib yurişining oldini oladi.
Şuningdek, hujjatga köra Notarial palata taşkil etiladi va unga barça notariuslar a'zo böladi.
2020 yil 1 yanvardan mol-mulk bilan boğliq bitimlarni rasmiylaştirişda quyidagi talablar bekor qilindi:
qurilişi tugallanmagan uy-joylarni boşqa şaxsga ötkazişda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini oliş;
vasiylikdagi şaxs nomidan mol-mulklarni ijara (arenda)ga berişda vasiylik va homiylik organlarining ruxsatini oliş (bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor etiş şarti bilan).












