Apple kompaniyasi Kupertinodagi taqdimotida 3 ta yangi smartfoni – iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max’ni taqdim qildi.
Yangi iPhone 11 yana bitta kamera – 12 Mpli keng burçakli kamera olgan. U qoronği xonada yoki tunda olingan suratlar sifatini oşirişga imkon beruvçi Night Mode rejimi bilan jihozlanadi. Şuningdek, model 2 karra kattalaştiruvçi optik zum oladi.

Kamera 4K sifatida soniyasiga 60 kadr tezlik bilan video suratga oladi. Old kamera sekinlaştirilgan suratga oliş rejimida video yoza oladi.
Şuningdek, smartfon 6,1 dyuymlik Liquid Retina displeyi bilan jihozlanadi va avvalgi model iPhone XR’ga nisbatan bir soat köproq işlay oladi.
Smartfon 6 ta rangda taklif qilinadi. Uning narxi 699 dollar böladi.

Yangi iPhone 11 Pro esa teleobektivli 3 ta kamera bilan jihozlanadi. U 4 ta rangda taklif qilinadi. Bundan taşqari, model 2 versiya – iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max’ga ega böladi. Ular bir-biridan ekrani diagonali bilan farqlanadi: mos ravişda 5,8 dyuym va 6,5 dyuym. Şuningdek, model yangi Super Retina XDR ekranini oladi.

Modellarning barçasi A13 protsessori bilan jihozlanadi. U bir soniyada trilliondan köproq operatsiya bajara oladi.
Bundan taşqari, iPhone 11 Pro iPhone XS qaraganda qayta quvvatlaşsiz 4 soat, iPhone 11 Pro Max esa iPhone XS Max’ga qaraganda 5 soat köproq işlay oladi. Modellarning narxi mos ravişda 999 va 1099 dollardan boşlanadi. Smartfonlar uçun buyurtmalar 20 sentyabrdan boşlab olinadi.

Kompaniya, şuningdek, iPad planşetlarining 7-avlodini taqdim qildi. Yangi model 10,2 dyuymli Retina-displeyini olgan. Ta'kidlanişiça, gadjet avvalgi modeldan 2 marta tezroq işlaydi. Bundan taşqari, yangi iPad SD-xotira kartalarini qöllab-quvvatlaydi. Taqdimotda planşet korpusi qayta işlangan alyuminiydan işlangani ma'lum qilingan. Gadjet narxi 329 dollardan boşlanadi va 30 sentyabrdan sotuvga çiqariladi.












