AQŞ terrorçilikka qarşi sanksiyalarini kengaytirib, unga 12 jismoniy şaxs va taşkilotni kiritdi. Bu haqda Oq uydagi matbuot anjumanda Mayk Pompeo ma'lum qildi.  

“Bugun davlat departamenti terrorçi guruhlarning 12 yetakçisi sanksiyalar röyxatiga kiritilişini e'lon qiladi”, deb aytgan Pompeo.

Uning aytişiça, röyxatga “Hizbulloh”, XAMAS, “Islom jihodi”, IŞID va uning Afrika hamda Falastindagi bölinmalari. “IŞID-Xuroson”, Pokistonning “Tahrik-i Tolibon Pokiston”, Suriyaning “Xuros Ad-Din” terrorçi guruhlari yetakçilari kiritilgan.  

Pompeoning ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp bu haqidagi farmonni sanksiyalar rejimini terrorçilarga qarşi qöllaş imkonini maksimal kengaytirgan holda özgartirib imzolagan. 

AQŞ moliya vaziri Stiven Mnuçin Eronning Islom inqilobi soqçilari korpusiga qarşi sanksiyalar ham kengaytirilişini ma'lum qilgan.

Tramp uning farmoni “terrorçilikka qarşi kuraşiş böyiça sanksiyalarni modernizatsiyalaş va kengaytiriş”ga imkon berişini aytgan.