Ta'lim krediti oşirilgan kontrakt (super-kontrakt) asosida öqiydiganlar uçun ham ajratilişi kutilmoqda. Bu haqida Oliy ta'lim vazirligi mutasaddilari iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.
Oliy ta'lim vaziri örinbosari Sarvar Buzrukxonovning sözlariga köra, talabalarga kontrakt tölovini tölaşda qulaylik yaratilişi uçun beriladigan ta'lim krediti oşirilgan kontrakt asosida öqiydiganlar uçun ham tatbiq etilişi mumkin.
Şuningdek, ta'lim kreditini olişdagi muammolar böyiça ham munosabat bildirildi.
«Ta'lim kreditini ajratişda banklar tomonidan tösiqlar bölmasligi kerak. Talaba qaysi bosqiçda öqişiga qarab kredit beriş degan narsa yöq. Agar talabalar kredit oliş masalasida qiyinçilikka duç kelsa, biz Markaziy bankka murojaat qilib, talabaning manfaatini himoya qilamiz», deydi Sarvar Buzrukxonov.
Anjumanda ma'lum qilinişiça, oşirilgan kontraktlar uçun bir qator qulayliklar joriy qilinişi kutilmoqda. Yaqin orada yangi qulayliklar haqida ma'lumot beriladi.
Oşirilgan kontrakt uçun ham stipendiyali va stipendiyasiz tölov joriy qilinadi. Oşirilgan kontrakt miqdorini belgilaşda stipendiyasiz kontrakt - 6 million 200 ming söm asos qilib olinadi.
Bundan avvalroq, super-kontraktni ikkiga bölib tölaş mumkin bölişi haqida xabar berilgandi. Şuningdek, super-kontrakt narxlari arzonlaşişi kutilmoqda.











