7 sentabrdan boşlab 1-kursga talabalikka tavsiya qilingan hamda 2- va undan yuqori kursda kontraktda öqiyotgan talabalarga tölov-şartnoma beriş boşlandi.
Şartnoma oliş uçun kontrakt.edu.uz platformasidan röyxatdan ötiş hamda ariza yuboriş talab etiladi. Ariza oliy ta’lim muassasasi tomonidan 2 kunda körib çiqiladi. Ariza tadsiqlangaç, talaba şaxsiy kabineti orqali elektron şartnomani yuklab olişi mumkin.
Şu bilan birga, tanlangan 5 ta yönalişga kira olmagan abituriyentlar ham super-kontraktda (tabaqalaştirilgan kontrakt tölovi) öqiş hamda şartnoma oliş uçun ariza berişi mumkin.
Hozirça, amaldagi qonunçilik böyiça, faqat özi tanlagan birinçi yönalişga super-kontrakt uçun ariza yuboriş imkoniyati mavjud. Ikkinçi va undan keyingi yönalişlari bazada körinmaydi.
Qayd qilinişiça, 5 ta yönalişga ham kira olmaganlar, istalgan birini tanlab super-kontrakt tuzişga rasman ruxsat berilişi kutilmoqda. Agar abituriyent birinçi yönalişga emas, ikkinçi yoki undan keyingi biror yönalişga super-kontrakt tuzmoqçi bölsa, u holda ariza bermasdan, kutib turiş tavsiya qilinmoqda.
Şu bilan birga, birinçi yönalişga kira olmagan, lekin ikkinçi va undan keyingilardan birortasiga öqişga kirganlar ham birinçi yönalişiga super-kontrakt tuza olmaydi. Kontrakt.edu.uz sayti orqali faqat öqişga kirgan universitetining oddiy kontraktini olişi mumkin. Ammo keyinçalik birinçi yönalişga ham super-kontraktda öqişga ruxsat berilişi mumkin.












