Farmonga köra, 2024/2025 öquv yilidan oliy va professional ta’lim taşkilotlarida tahsil oliş uçun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim şaklida öqiyotgan talaba va öquvçilarga ajratiladi. 

Şuningdek, ta’lim krediti:

- oliy ta’lim taşkilotlarining birinçi bosqiç talabalari hamda professional ta’lim taşkilotlari öquvçilari uçun tölov-kontrakt summasi miqdorida;

- oliy ta’lim taşkilotlarining ikkinçi va undan yuqori kurs talabalari uçun fanlarni özlaştirişning örtaça körsatkiçi 3 bahodan past bölgan taqdirda tölov-kontrakt summasining köpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. 

Bundan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno. 

Bunda ta’lim krediti:

- OTM talabalari uçun – talabalar töğrisidagi ma’lumotlar «Talabalarga şartnoma asosida körsatiladigan xizmatlar hisobini yuritiş» (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va «Oliy ta’lim jarayonlarini boşqariş» (HEMIS) axborot tizimida mavjud bölganda;

- professional ta’lim taşkilotlari öquvçilari uçun – öquvçilar töğrisidagi ma’lumotlar «Professional ta’lim jarayonlarini boşqariş» (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bölganda ajratiladi. 

2024/2025 öquv yili boşlangungaça ta’lim krediti oliş uçun arizalarni «Ta’lim krediti» axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va YaIDXP (my.gov.uz) orqali topşiriş imkoniyati yaratiladi.