Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishi 2-bosqich qurilish ishlari davom etmoqda, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan Amir Temur ko‘chasining Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi joylashgan nuqtasidan Ahmad Donish ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir tomonga harakatlanish qismi 2019 yilning 12 sentyabridan dekabr oyigacha yopiladi.

Qayd etilishicha, shu yo‘nalishda harakatlanuvchilar vaqtincha qatnov qismining ikkinchi tomonidagi yo‘lda yurishlari mumkin bo‘ladi.
“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.






