Özbekiston terma jamoasi qatorasiga ikkinçi marta jahon çemponati saralaşidagi ikkinçi bosqiçni mağlubiyat bilan boşladi. Hatto 2-örin bilan ham keyingi bosqiçga çiqiş kafolati yöqligi, terma jamoa öyinidagi nursizlik, ayniqsa, umidsizlik vaziyatni önglaş uçun keskin qarorlarga ehtiyoj yaratadi. E'tiborli jihati, vaziyatga har tomondan qaraganimizda ham, biror bir ijobiy jihatni körmaymiz.

Ektor Kuper

Çetdan qarab ham payqaş qiyin emaski, hozir, aytaylik, Osiyo Kubogidan oldingi Kuperdan asar ham yöq. Biz uni Superliga öyinlarida tez-tez körmayapmiz, jamoa öyinida yangi çizgilar közga taşlanmayapti, hatto öyin paytida futbolçi almaştirişda ham aniq yönalişni seziş qiyin bölib qolgandek.

2009 yilda Karlo Ançelotti «Çelsi»ga kelib, ham çempionatni, ham kubokni qölga kiritadi, ammo kelasi yili, 2-örinni olgan bölsa-da, londonliklar ğoliblik uçun deyarli kuraşişmaydi, umuman ambitsiyalar borasida öşa faol Ançelottini tanib bölmay qolgandi göyo. Mavsum oxirida u «Çelsi»dan ketadi. Öşanda mutaxassislar bu özgarişning boşlanişini avvalroq bölib ötgan voqeada körişgan – yozda Abramoviç murabbiy yordamçilaridan birini işdan böşatib yuborgandi. Nima sabab, esimda yöq, lekin bu Ançelotti bilan maslahatlaşmasdan turib, amalga oşirilgan. Tabiiyki, klubda nafaqat murabbiy, balki menejyer sifatida körilgan Karlo uçun bu salbiy holat bölgan, balki aynan öşanda uning «Çelsi»dagi öz kelajagiga bölgan qiziqişi pasaygan bölişi ehtimoli yuqori.

Albatta, Kuper öz örnida, uning boşqaruv doirasi özgargani yöq, heç kim uning işiga aralaşmaydi ham, ammo argentinalik mutaxassisni Özbekistonga taklif qilgan jamoa allaqaçon ÖFAdan ketgan. Hatto öşa muzokaralarda örtada turgan San'at Şaripov ham endi ÖFAda işlamayapti. Yangi rahbariyat bilan muloqot avvalgidek bölmasligi tabiiy. Yöq, gap şaroitda emas, şartnomaga mos ravişda bugungilar ham öz tomonidan barça talablarni bajarayotganliklari şubhasiz, gap vaziyatning ruhiy tomonida – işonçda. Kuper öz atrofida unga işonadigan, doimiy qöllab-quvvatlab, muvaffaqiyatsizligini özinikidek qabul qiladigan katta guruhni his qilmayapti balki. Uning işiga heç kim aralaşmagan taqdirda ham, endi Kuper vaziyat qiroliga aylana olmayapti, har bir gapi bajarilişi kerak bölgan qonundek yangramayapti, atrofidagi hamma uning Özbekistonni kuçaytirişi mumkinligiga işonayotganini ham sezgani yöq. Birinçidan, terma jamoa natijalari u qadar zör emasligi, ikkinçidan, unga işonib olib kelganlar hozir taşkilotda yöqligi mana şunday negativ holatni yuzaga keltirgan bölişi tabiiy.

Oqibatda, u vaziyatlarga ança befarq bölib qolgan, allaqaçon iste'foga özini tayyorlayotgan bölişiyam mumkin, eng yomoni, agar bu yöl bersa, öz ğoyalarini isbotlaş imkoniyatidan mahrum bölganidan ökinib ham ötirmaydi, hammasini sokin va xotirjam qabul qiladigan kayfiyatda. Menimça.