Korzinka.uz tarmoğining asosçisi va rahbari Zafar Hoşimov prezident Şavkat Mirziyoyevning qöşilgan qiymat soliği (QQS) stavkasini kamaytiriş böyiça topşiriğiga izoh berdi.
Bir kun oldin davlat rahbari Moliya vazirligiga bugungi kunda 20 foizni taşkil etayotgan qöşilgan qiymat soliği stavkasini kamaytiriş böyiça aniq asoslangan taklif kiritiş vazifasini topşirdi.
«Mubolağasiz aytiş mumkinki, uşbu vazifa yangi Soliq kodeksi loyihasini muhokama qiliş jarayonidagi eng muhim voqeadir. Soliq stavkalari, birinçi navbatda, QQS stavkasining soliq tölovçilar bazasini parallel ravişda kengaytiriş va uşbu soliq böyiça barça imtiyozlarning bekor qilinişi jarayonida pasaytirilişi yaşirin iqtisodiyot sektorining qisqarişiga yordam berib, soliq solişni biznes uçun yanada adolatli qiladi», - deb yozadi Hoşimov özining Facebook’dagi sahifasida.
Bularning barçasi işbilarmonlik muhitini yaxşilaş va iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini oşirişga yordam beradi, deya ta'kidlab ötdi u.
Tadbirkorning eslatişiça, Soliq konsepsiyasi loyihasining dastlabki variantida 12 foizlik QQS stavkasi taklif qilingan. Uşbu stavkaning mantiği şundan kelib çiqqanki, faol transçegaraviy savdo mavjud bölgan qöşni mamlakatlarning aksariyatida QQS stavkasi aynan şundaydir. Soliq stavkasini uşbu körsatkiçgaça kamaytiriş, tadbirkorning fikriga köra, qöşnilar bilan tovarlarga içki narx şakllanişidagi tafovutni sezilarli darajada kamaytiriş, yaşirin import oqimining pasayişi, şuning barobarida yaşirin bozorning sezilarli darajada qisqarişiga olib keladi.
«Uşbu stavka foydasiga şuni keltiriş mumkinki, Moliya vazirligi hisobotiga köra joriy yilda amaldagi QQS stavkasi 20 foizni taşkil etgani holda, soliq yiğimi 11,5 foizlik darajaga teng bölgan. Qolgan qismi alohida korxonalar va iqtisodiyotning butunboşli sektorlarida QQS tölovi böyiça turli imtiyozlar mavjudligi sabab yiğilmagan», - deya qayd etib ötdi Hoşimov.
Uşbu imtiyozlarning barçasi bekor qilinsa va şu bilan birga soliq 12 foizga kamaytirilsa, unda budjet zarar körmaydi, deya hisoblaydi u.
«Hozirda 20 foizlik QQSdan çöçiyotgan köplab korxonalar soyadan çiqsa, unda budjet yiğimlari sezilarli darajada oşişi kerak, - deya ta'kidlab ötdi Hoşimov. - Umid qilamanki, stavkani pasaytiriş şunçaki rasmiy qadam emas, balki samarali va asosli jarayonga ega böladi».












