Gruziyalik olimlar va ularning xorijiy hamkasblarining köp yillik biomolekulyar tadqiqoti hayvon qoldiqlaridan olingan dunyodagi eng qadimiy DNK Gruziyaning janubida, Tbilisidan 90 km uzoqlikdagi qadimgi Dmanisi şahrida topilganini tasdiqladi.

Gruziya milliy muzeyi xabarida qadimgi şaharda topilgan karkidonning tiş emalidan 1,77 mln yillik muhim genetik ma'lumot olingani ma'lum qilingan. 

“Bu hayvonlar qoldiqlaridan olingan dunyodagi eng qadimiy DNKdir. U bungaça Kanadaning Ukon orolida topilgan otdan olingan 700 ming yillik DNKdan million yilga qadimiyroqdir”, deyilgan xabarda.

Olimlarning aytişiça, “bu topilma qadimiy biomolekulyar tadqiqotlardagi kaşfiyotdir”. U bugungaça mumkin bölgandan köra ança erta davrlarning evolyutsion suratini tiklaşga hamda hayvonlar va insonlarning ajdodlari tarixini örganişga imkon beradi.

Dmanisi qöhna şahar bölib, uning hududida arxeologik qazilmalar 1930-yillardan boşlangan. U yerda turli davlatlar arxeologlari iş olib boradi.