Bugun, 12 sentabr kuni soat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda “Qişloq va suv xöjaligi davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi Prezident farmoni ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarişdi.

Tadbirda Respublikada asosiy ekin maydonlarini suğorişda hamon eskiça, bostirma suğorişga asoslanib qolinayotgani, şuningdek, lotok tarmoqlari, drenaj tizimlarining yangi texnologiyalarga asoslanmaganligi sababli, suv manbalarining 40 foizdan ortiq qismi ekin maydonlariga yetib borgunça bölgan jarayonda yöqotilişi hamda bu borada Suv xöjaligi vazirligining ekin maydonlarini yangiça suğoriş tizimiga ötiş borasida aniq muddatga möljallangan rejasi bor yoki yöqligi borasida savol bilan murojaat qilindi.

«Töğri aytdingiz, suğoriş jarayoni eskiça tizimga asoslangani uçun biz har yili ariq zovurlar ta'miri uçun trillionlab mablağ işlatmoqdamiz. Aynan şu sababli, suvning katta qismi samarasiz yöqotiladi. Bu bizga eski davrdan qolgan katta meros.

Endilikda biz har bir loyihada mablağ tejaş maqsadida texnik va iqtisodiy asosiga e'tibor qaratmoqdamiz. 

Bizda endilikda reja asosidagi melioratsiya dasturlari işlab çiqilib, amalga kiritilmoqda. Bunday dasturlardan birinçisi 2008-2012 yillar uçun, ikkinçisi 2013-2017 yillar va uçinçisi 2018-2022 yillar uçun möljallangan. Hozirda biz öşa uçinçi dastur asosida işlayapmiz. Bu bizning yaqin yillar uçun rejamiz.

Xabaringiz bor, hozirda Respublika qişloq xöjaligining 2030 yilgaça bölgan uzoq yillik dasturi işlab çiqilmoqda. Mana şu konsepsiya asosida kamida 10 yil içida 2 million, ya'ni, 50 foiz suğoriladigan ekin maydonlarimiz tomçilatib suğoriş texnologiyalari joriy qilinadi. Bu esa juda katta marra va maşaqqatli iş. Buning uçun katta subsidiyalar ajratilyapti. Biz buni uddalaymiz», deya Özbekiston Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.