Olimlar avval ma'lum bölgan eng qora materiallardan ham qoraroq materialni yaratişga muvaffaq bölişdi. Bu haqda News.mit naşri xabar berdi.
Yangi material ayni vaqtda odamlarga ma'lum bölgan eng qora materialdan 10 marta qoraroqdir. Mutaxassislarning özlari ham bunday natijani kutişmagan. Avvalgi “rekordçi” modda vantablack yoruğlik nurini 99,965 foizga yutgan.

Olimlar alyuminiyning issiqlik va elektr xossalarini unda uglerod nanotrubkalari östiriş yordamida yaxşilaşmoqçi bölişgan. Avvalgi modda aynan şu nanotrubkalar yordamida yaratilgan.
Olimlar xlor ionini saqlovçi tuzlar yordamida alyuminiy sirtidan elektr toki ötişiga tösqinlik qilgan oksid qatlamini olib taşlaşga muvaffaq bölişgan. Ular sirti tozalan alyuminiyda nanotrubkani östirib, kutilmagan natijani olişgan.
Olingan material unga tuşuvçi nurning 99,995 foizini yuta oladi.
Avvalroq BMW kompaniyasi vantablack bilan qoplangan dunyodagi eng qora avtomobilni taqdim qilgandi.












