AQŞ boş kotibi Mayk Pompeo Eronni Saudiya Arabistonidagi neftni qayta işlovçi zavodlarga hujumlarda aybladi.
“Eron energiya taşuvçilar yetkazmalariga misli körilmagan hujumni boşladi. Hujumlar Yamandan amalga oşirilgani haqida heç qanday ma'lumot yöq”, deb yozgan Pompeo tvitterda.
U jahon hamjamiyatini “hujumni qoralaşga çaqirgan”. “AQŞ energiya taşuvçilar bozorlari yaxşi ta'minlanişi, Eron esa öz tajovuzi uçun javobgarlikka tortilişi uçun hamkorlar va ittifoqdoşlari bilan işlaydi”, deb qöşimça qilgan boş kotib.
Avvalroq Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat kompaniyasining Abkayk va Xurays tumanlaridagi 2 ta korxonasida yonğinlar yuz bergandi.
Yamanlik xusiylar zavodlarga hujum 10 ta dron yordamida amalga oşirilganini ma'lum qilişgan.
OAVda hujumlar oqibatida korxonalarda işlab çiqariş kuniga 5 mln barrelga qisqargan bölişi mumkinligi ma'lum qilingan. Bu esa Saudiya Arabistonida olinadigan kunlik neft hajmining deyarli yarmini taşkil qiladi.












