AQŞ senatori Lindsi Grem tvitterda AQŞ hukumati Saudiya Arabistoni neft zavodlariga qilingan hujum bilan boğliq holda Erondagi neft obektlariga zarbalar beriş imkoniyatini örganib çiqişi kerakligini aytdi.
Uning aytişiça, Eron jiddiy oqibatlarni his qilmagunça, bunday harakatlarni amalga oşirişni bas qilmaydi.
Senatorning ta'kidlaşiça, Eron neft obektlariga hujum bu mamlakatdagi tuzumga qaqşatqiç zarba beradi.
Avvalroq AQŞ boş kotibi Maykl Pompeo Eronni Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujum qilişda ayblagandi.
14 sentyabrda Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining Abkayk va Xurays tumanlaridagi 2 ta korxonasiga dronlarda hujum qilinişi oqibatida yonğinlar yuz bergandi.
Yamanlik xusiylar zavodlarga hujum 10 ta dron yordamida amalga oşirilganini ma'lum qilgan.
Hujum sababli Saudiya Arabistonida neft işlab çiqariş hajmi kuniga 5,7 mln barrelga kamaygan. Bu esa Saudiya Arabistonida işlab çiqariladigan bir kunlik neft hajmining deyarli yarmini taşkil qiladi.












