14 sentabr kuni «Hilol-nashr» naşriyotida fazilatli şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning navbatdagi kitobi taqdimoti ötkazildi. U kişining qalamiga mansub uşbu kitob «Olam va odam, din va ilm» deb nomlangan.

Taqdimot tadbiri an'anaga muvofiq Qur'oni karim tilovati va duoi xayrlar qiliş bilan boşlandi. Söngra sözga çiqqanlar mazkur kitobning yoziliş tarixi, unda kötarilgan masalalar, jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

«Olam va odam, din va ilm» muallifning vafotidan keyingi nashr qilingan törtinçi kitobi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning öğli Ismoil Muhammad Sodiq muallif hayotligida ta'lif va tarjima qilgan va vafotidan keyin nashr etilayotgan kitoblar haqida ma'lumot berdi.

«Uşbu kitob hazrat özlari ta'lif qilgan, vafotidan keyin nashr qilingan törtinçi kitob hisoblanadi.

Şuningdek, 2 ta tarjima kitoblari ham nashr qilingan. Bundan taşqari hali nashr qilinmagan 2 ta ta'lif va 13 ta tarjima — jami 15 ta kitoblari bor. «Islomda uç balo: Islom giyohvandlik, aroqxörlik va kaşandalikka qarşi» nomli kitobni özlari ta'lif qilgan. Şuningdek, umrlari oxirida qazo va qadar nomli kitob ham yozgan. Tarjima kitoblardan aksari ulamolarning asarlaridan qismlarni masjid imomlari, madrasa mudarrislariga ötilgan darslar asosida tuzilgan. Xususan, ulardan biri Hakim Termiziyning «Nodir asarlar» va «Yangi hayot» deb tarjima qilingan «Muridlar odobi» kitoblaridir. Şuningdek, zamonamiz ulamolaridan bölgan şayx Taqiy Usmoniyning «Zamonaviy fiqhiy muomalalar bahslari» deb nomlangan kitoblari ham hazrat tomonidan tarjima qilingan.

Hazrat bu kitobni 2014 yil 4 iyul juma kuni yozib tugatgan. Mana oradan beş yildan ziyod vaqt ötib uşbu kitob nashr qilindi».