Toşkentning “Humo” xokkey klubi Oliy xokkey ligasi muntazam çempionatining 2-turida Qozonning “Bars” klubini 3:2 hisobida mağlub etdi
“Humo-Arena”da ötgan uçraşuvning 1-bölimi 2-0 hisobida yakunlangan. Gollarni öz hisoblariga Artem Voroşilo va Denis Moşarov yozib qöyişgan. 2-bölimda mehmonlar Ayrat Vildanov sa'y-harakatlari evaziga oradagi farqni qisqartirişgan. Yakunlovçi 20 daqiqalikda Ivan Yemets hisobni tenglaştirgan, biroq uçraşuv yakunlanişiga 3 daqiqa qolganda Aleksandr Şerbina “Humo”ga ğalaba keltirgan.
Toşkent klubi keyingi öyinini ham öz uyida Nijniy Novgorodning “Torpedo-Gorkiy” klubiga qarşi ötkazadi.
“Humo” Oliy xokkey ligasidagi debyut öyinida “Ryazan” klubini 5:0 hisobda tor-mor etgandi.












