Saudi Aramco kompaniyasining ikkita zavodi dronlar hujumiga uçradi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilişiça, uçuvçisiz qurilmalar hujumi natijasida obektlarda yonğin kelib çiqqan, ammo yonğinlar darhol öçirilgan.

Al-Arabiya va Associated Press agentliklarining aniqlaşiça, hujumga uçragan obektlardan biri Abkayka koni yaqinidagi neftni qayta işlaş zavodi bölib, u jahondagi eng yirik neft zavodlaridan biri hisoblanadi. U sutkasiga 7 mln barrelgaça xomaşyoni qayta işlay oladi.  

OAVning ma'lumotiga köra, uşbu hujumlar uçun javobgarlikni Yamandagi xusiy isyonçilari öz zimmalariga olgan. Eslatib ötamiz, şu yilning 17 avgustida Şayba neft-gaz konidagi tabiiy gaz işlab çiqariş zavodiga xusiylar portlovçi moddalar joylaştirilgan önlab dronlar yordamida hujum uyuştirişgandi.