Qöqon şahrida 14 sentabr kuni birinçi Xalqaro hunarmandçilik festivalining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev barçani çin yurakdan qutlab, yurtimizga, uşbu anjumanga bölgan katta hurmat va e'tibori uçun xorijiy mehmonlarga taşakkur izhor etdi, deb xabar berdi Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.
- Umumbaşariy madaniyatning ajralmas qismi bölgan xalq amaliy san'ati dunyodagi har bir xalq hayotida, uning turmuş tarzi va qadriyatlari rivojida alohida örin tutadi. Insoniyatning ongli hayotida hunarmandçilikning paydo bölişi – sivilizatsiya sari taşlangan eng muhim tarixiy qadam, desak, haqiqatni aytgan bölamiz, - dedi davlatimiz rahbari.
Şavkat Mirziyoyev buyuk avliyo va hunarmand bobomiz Bahouddin Naqşband sözlaridan iqtiboslar keltirdi. Diyorimizda hunarmandlar mehnati qadrlanib, yoşlarning hunar örganişi uçun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, uşbu festival bu sohani yanada rivojlantirişda muhim örin tutişini qayd etdi.
- Uşbu xalqaro festival nafaqat köpmillatli Özbekiston xalqi, balki jahon hunarmandlari, butun dunyo ustalarining katta bayrami, desak töğri böladi. Bu – olis tarix va bugungi zamon nafasini, turli qadriyat va an'analarni özida yaqqol namoyon etadigan, muştarak dillarni birlaştiradigan çinakam döstlik va hamkorlik anjumanidir, - dedi Prezident.
Mazkur festival davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq ötkazilmoqda. Festival arafasida şahar hayotida yana bir muhim voqea yuz berdi - Jahon hunarmandlar kengaşi tomonidan Qöqon şahriga “Jahon hunarmandlari şahri” degan yuksak unvon berildi.
Marosimda Jahon hunarmandlar kengaşi prezidenti Rozi Grinlis ham nutq sözladi.
Anjuman ötkaziladigan maydon atrofi bayramona bezatilgan. Qoraqalpoğiston va barça viloyatlardan kelgan hunarmandlar buyumlari körgazmasi taşkil etilgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev oçiliş marosimidan söng uşbu mahsulotlarni közdan keçirdi, hunarmandlar bilan suhbatlaşdi.
Xalqaro hunarmandçilik festivali ikki yilda bir marta ötkaziladi. Bu yilgi anjumanda 78 ta mamlakatdan 370 dan ziyod hunarmandlar, san'atşunoslar, jurnalistlar iştirok etmoqda.

















