Brent nefti narxi Londondagi ICE birjasi oçilişi vaqtida 13,86 foizga kötarilib, bir barreli uçun 69,91 dollarga yetdi.
Savdolarning ilk daqiqalarida neft narxi undan ham yuqorilab, 71,95 dollarni taşkil qilgan. Oxirgi marta uşbu neft 22 mayda 71 dollardan qimmatroq turgan.
WTI nefti 11,23 foizga qimmatlaşib, narxi 61,79 dollarga yetgan.
Keyinroq Brent narxi 67,67 dollar darajasida örnatilgan.
Neft narxi Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga dronlarda hujum qilingandan keyin kötarilmoqda. Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi zavodlariga hujum oqibatida kompaniyaning neft oliş hajmi yarmiga – 5,7 mln barrelga qisqargan.
Bu orada AQŞ prezidenti Donald Tramp hujumdan keyin bozordagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun AQŞdagi strategik neft zaxiralaridan foydalanişga ruxsat berdi. U bu qarori haqida tvitterda ma'lum qilgan.
“Neft narxiga ta'sir qilişi mumkin bölgan hujumlardan keyin zarurat bölsa bozorni normal darajada ta'minlaş uçun yetadigan hajmda strategik neft zaxirasini qöllaşga ruxsat berdim”, deb yozgan Tramp.
Trampning aytişiça, AQŞ Ar-Riyoddan hujum ortida kim turgani borasidagi fikrlarini kutmoqda va şundan kelib çiqib harakat qiladi. “Saudiya Arabistoni neft tarmoğiga hujum qilindi. Biz buni kim qilganini taxmin qilişimizga asos bor, biz töliq jangovar tayyorgarlikdamiz va barçasi uşbu taxminimizning tasdiqlanişiga boğliq böladi. Biroq biz qirollikning hujum ortida kim turgani va qanday iş tutişimiz kerakligi haqidagi fikrini kutmoqdamiz”, deb qöşimça qilgan AQŞ prezidenti.












