Bugun, 16 sentabr kuni Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionatining uçinçi kun bellaşuvlari bölib ötadi.
Bugun musobaqaning uçinçi kun dasturida yunon-rim kuraşi böyiça -60, -77 va -130 kilogramm vazn toifalarida saralaş bahslari ötkaziladi. Uşbu vazn toifalarida Elmurat Tasmuradov (-60 kg) va Möminjon Abdullayev (-130 kg) uçinçi, Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) esa ilk Olimpiadasi uçun harakat qiladi.
-60 kg: Elmurat Tasmuradov – Gevorg Ğaribyan (Armaniston)
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Tamaş Lorins (Vengriya)
-130 kg: Möminjon Abdullayev – Miloslav Metodiyev (Bolgariya).

Keçki dasturda Tokio-2020 Olimpiadasiga yöllanma olgan vakilimiz Rustam Assakalov (-87 kg) bronza medali uçun kuraş olib borsa, Jahongir Turdiyev (-97 kg) yaponiyalik Yuta Nara bilan ötiş bosqiçida qatnaşadi. Turdiyev uçinçi örin uçun kuraşiş imkoniyatiga ega bölsa, u ham kelasi yil Tokio Olimpiadasiga yöllanma oladi.










