«Formula-1» böyiça yetti karra jahon çempioni Mixael Şumaxer Jorj Pompidu nomidagi Parij klinikasini tark etdi. Bu haqda Le Parisien naşri jurnalisti Jan-Mişel Dekyuji BFMTV telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, Şumaxer 9 sentabr kuni klinikaga olib kelingan. Ertasiga kerakli muolajalarni olgan va payşanba kuni Fransiyani tark etgan.

Dekyujining aniqlaşiça, sobiq poygaçiga qon quyiş muolajasi ötkazilgan. Uni davolaş bilan professor Filipp Menaşe şuğullangan.

Duşanba kuni Le Parisien Şumaxer maxfiy ravişda Parijdagi klinikaga keltirilganini xabar qilgandi. Aytilişiça, poygaçi Şveytsariyadan tez yordam maşinasida olib kelingan.

2013 yilda Şumaxer Alp toğlaridagi Meribel kurortida toğ çanğisida uçayotib, boş miyasidan jarohat olgan edi. Komaga tuşgan poygaçi Grenobldagi şifoxonaga yetkazilgan va u yerda Şumaxer bir neçta operatsiyani boşidan ötkazgandi. 2018 yil dekabrda sobiq poygaçi öziga kela boşlagani, u endi öpkani sun'iy şamollatiş qurilmasiga ehtiyoj sezmayotgani va mustaqil ravişda nafas olayotgani ma'lum qilingandi.

Şumaxerning komadan çiqişidan umid uzmagan oilasi uning davolanişi uçun ön millionlab yevro sarfladi.