Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi;

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi bo‘linmalari rahbarlari, vazirlik va idoralar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsan mas'uldirlar.

Quyidagilar 2030 yilga qadar qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilanadi:

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash va iste'mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdorda va xarid qobiliyatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishini ta'minlash bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etishni nazarda tutuvchi aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash;

savdoni yanada erkinlashtirish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, savdo operatsiyalari xarajatlarini kamaytirish va eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatlasha oladigan, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish hisobiga agrobiznesning raqobatbardoshligi oshirishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish;

qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsion jozibadorlikni oshirish;

yer va suv resurslari, o‘rmon xo‘jaligidan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqiloni foydalanish va atrof muhit muhofazasini ta'minlash;

ma'muriy boshqaruvdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta'minlash maqsadida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;