Saudiya Arabistonidagi yirik neftni qayta işlaş zavodi Saudi Aramco’ga uyuştirilgan dronlar hujumi mamlakatning neft eksportiga ta'sir qilmaydi. Bu haqda mamlakat televideniyesida öqib eşittirilgan hukumat bayonotida aytildi. 

«Bu hujum sabab mamlakat eksporti kamayib yoki töxtab qolmaydi. Saudi Aramco bundan keyin sodir bölişi mumkin bölgan har qanday favqulodda holatga tayyor böliş çoralarini körmoqda», deyiladi bayonotda.

Oldinroq dronlar hujumi sabab Saudiya Arabistoni energetika vaziri şahzoda Abdul Aziz bin Salmon mamlakatning neft qazib oliş hajmi 50 foizga qisqarganini aytgandi. 13 sentyabrdan 14 sentyabrga ötar keçasi Saudiyaning ikki yirik neftni qayta işlaş zavodiga dronlar yordamiga hujum qilingan, Yamandagi husiyçilar uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgandi.

Akbaykedagi zavodda köplab xorijlik mutaxassislar faoliyat yuritişi sabab Ğarb naşrlari bu hujumga jiddiy qaraşga undamoqda.