Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hududlarda, boşlanğiç partiya taşkilotlarida, mahallalarda Saylovoldi dasturlarini keng muhokamadan ötkazmoqda, deb yozadi Qonunçilik palatasidagi Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a'zosi, Ekspertlar guruhi a'zosi Şuhrat Polvonov.
Muhokamalar jarayonida bildirilgan takliflar partiya ekspertlari tomonidan yiğib olinmoqda va umumlaştirilmoqda. Sud-huquq sohasi böyiça ham köplab takliflar kelib tuşmoqda.
Hozirgi kunda hududlarda va tuman (şahar)larda fuqarolik, jinoiy, ma'muriy, iqtisodiy işlar böyiça sudlar faoliyat yuritmoqda. Fuqarolik va iqtisodiy işlar böyiça 2 ta yoki 3 ta tumanga bitta tumanlararo sud faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar esa qay biriga murojaat qilişini bilmay hayron.
Yana amaliyotda şunday holatlar ham mavjudki, oylar davomida sudda ma'lum bir iş köriladi-da va yakunda bizga emas, boşqa sudga taalluqli ekan, deb qaytarib yuboriladi. Tabiiyki, bularning barçasi fuqarolarning sarsongarçiliklariga sabab bölmoqda.
Şu boisdan boşlanğiç partiya taşkilotlaridan kelgan turli yönalişlarga bölingan sudlarni umumlaştiriş taklifi ekspertlar tomonidan alohida qiziqiş bilan örganib çiqildi.
Bunda fuqarolik, jinoiy, ma'muriy, iqtisodiy işlar böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlarini birlaştiriş orqali bitta ma'muriy hududda bitta sud idorasi taşkil etiladi.
Şuningdek, jinoiy va ma'muriy işlar böyiça tuman, şahar sudlarini birlaştiriş, tumanlararo fuqarolik va iqtisodiy işlar böyiça sudlarni tugatib, aholi soni va iş hajmidan kelib çiqqan holda, uşbu toifa işlar böyiça tuman, şahar sudlariga sudya ştati ajratiş orqali tuman (şahar)larda ham bitta sud idorasi taşkil etiladi.
Natijada, tuman, şaharlarda törtta sud örniga bitta sud idorasi taşkil etiladi, uçta sud raisi ştati qisqartiriladi. Sudyalar tayinlangan toifasi böyiça jinoiy, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy işlarni köradi.
Bundan taşqari, fuqarolik va iqtisodiy işlar böyiça sudlarga da'vo ariza topşiriş va işlarni köriş jarayonida fuqarolarni boşqa tumanlarga qatnab yoki toifa böyiça sud idoralarini qidirib sarson bölib yurişiga, yöl, mehmonxona kabi xarajatlar uçun moddiy zarar körişiga barham beriladi.
Şu boisdan yuqoridagilarni inobatga olgan holda Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ekspertlari tomonidan tayyorlanayotgan saylovoldi dasturiga sudlarni birlaştiriş taklifi kiritilmoqda.












