Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh Yaqin Sharq nefti va gaziga muhtoj emasligini aytdi
Foto: AP Photo / Manuel Balce Ceneta
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Yaqin Sharq nefti va gaziga muhtoj emasligini, ammo o‘z ittifoqchilariga yordam berishini aytdi.
"Keyingi bir necha yil davomida bizda neft bilan bog‘liq vaziyat juda yaxshi bo‘lgani bois (rahmat sizga, janob prezident) biz energiya resurslarining netto-eksportchisi hisoblanamiz va jahonda birinchi raqamli ishlab chiqaruvchiga aylandik. Biz Yaqin Sharq nefti va gaziga muhtoj emasmiz, u yerda tankerlarimiz juda oz, ammo ittifoqichilarimizga yordam beramiz", - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
Eng yirik neft eksportchisi va ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Saudiya Arabistoni neft obektlariga qilingan hujumdan so‘ng neft ishlab chiqarishni ikki baravardan ko‘proqqa qisqartirdi.
Yamandagi isyonchi xusiylar Saudiya Arabistonidagi neft zavodlariga dronlar yordamida hujum uyushtirishganini ma'lum qilishdi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo esa bu hujumda Eronni aybladi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020