Bugun, 17 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş Inspeksiyasi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Mazkur inspeksiya prezidentning 2019 yil 15 martdagi «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan qayta taşkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan Inspeksiya Nizomiga binoan paxta xomaşyosini davlat tomonidan buyurtma qiliş, tayyorlaş, alohida qayta işlaş hamda saqlaş böyiça talablarga rioya qilinişi ustidan nazorat qiliş vazifasi Inspeksiyaga yuklangan.
Joriy yilning iyul-avgust oylarida Inspeksiya tomonidan 2019 yil paxta hosilini qabul qiliş uçun 101ta paxta tozalaş korxonalari va 417 tayyorlov maskanlarining mavsumga tayyorgarligi, nazorat qilindi.
Şuningdek, 2019 yil sentabr-noyabr oylarida Inspeksiya tomonidan respublika fermer xöjaliklari tomonidan yetiştirilgan paxta xomaşyosini xarid qiliş yuzasidan tuzilgan kontraktatsiya şartnomalari bajarilişi nazorat qilinadi.
«Agrosanoat majmuida xizmatlar körsatiş markazi» davlat unitar korxonasining Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi 13ta hududiy sinov laboratoriyalari, 101ta paxta tozalaş korxonalari qoşidagi sinov laboratoriyalari tomonidan işlab çiqarilayotgan paxta tolasi, paxta momiği va paxta texnik çigitining sifat körsatkiçlarini aniqlaş, ularga hujjatlar rasmiylaştiriş hamda işlab çiqarilayotgan paxta toylari vaznini ölçaş işlari amalga oşirilmoqda.
Özbek paxtasining jahon bozoridagi hajmi va tola sifati böyiça örni qay darajadaligi, xaridorlar buni qanday baholaşi haqidagi savolga inspeksiya huzuridagi Agrosanoat majmuida xizmatlar körsatiş markazi paxta mahsulotlarini sertifikatlaş idorasi bölim boşliği Zohid Toşmatov javob berdi.
«Özbek paxtasi hajm jihatdan kuçli önlikka, tola sifati jihatdan kuçli beşlikka kiradi. Bizda paxta yetiştiriş yaxşi rivojlangan va bu dunyo böyiça e'tirof etiladi. Paxtamiz tolasini esa sifati yuqoriligi uçun qöşimça haq tölab sotib olişadi. Ammo sönggi yillarda paxtaning 90 foizini özimizda qayta işlaşni yölga qöydik, eksportni keskin kamaytirdik», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












