Fransiyaning Lamot-Byovron şahrida dunyodagi eng oğir olmali pirog “Tart Taten” pişirildi. Bu haqda France Bleu radiostansiyasi xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, pirogning oğirligi 308 kg bölib, u Ginness rekordlar kitobiga kiritiladi. 

Pirogni pişiriş uçun 500 kg olma, 35 kg şakar va 40 kg xamir kerak bölgan. Uşbu aksiya 120 yil avval opa-singil Tatenlar mehmonxonasidagi restoranda ilk bor pişirilgan şirinlik yubileyiga atalgan.

Uşbu pirogning yaratilişi tarixiga köra, opa-singillardan biri – Stefani tovada olma va şakardan iborat masalliq tayyorlayotganda kimdir uning diqqatini bölgan. Oqibatda masalliq tagiga olgan. Uni boşqatdan tayyorlaşga vaqt bölmagan va Stefani uni xamir bilan örab, duxovkaga pişişga qöygan. Şirinlik pişgaç tovani ögirib pirogni likopçaga teskarisi bilan qöygan. Natija esa restoran mehmonlariga yoqqan va keyinçalik u “Tart Taten” degan nom olgan.