Britaniya boş vaziri Boris Jonson norozi namoyişçilar sababli lyuksemburglik hamkasbi Ksave Bettel bilan matbuot anjumanidan ketib qoldi.

16 sentyabrda Jonson Lyuksemburgga taşrifi vaqtida Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker va Lyuksemburg boş vaziri bilan muzokaralar ötkazgan. Uçraşuvdan keyin ikki davlat boş vazirlari minbarlardan turib bayonot berişlari kerak edi.

Biroq muzokaralar ötgan binodan çiqiş vaqtida Jonson namoyişçilar tomonidan huştakbozlik bilan qabul qilingan. Ular “Şarmandalik, şarmandalik” deb hayqirişgan. Şundan keyin Jonson tansoqçilari va yordamçilari qurşovida avtomobili yoniga, Bettel esa brifingga yöl olgan.

Lyuksemburg boş vaziri brifing vaqtida muzokaralar natijalaridan qoniqmaslik bildirgan va Jonsonni Brexit böyiça yeçim topişga çaqirgan.

“Vaqt ketyapti, gapirişni bas qilib, harakatni boşlang”, deb aytgan Bettel yonida böş turgan minbarga işora qilib.

U, şuningdek, na Yevrokomissiya, na Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati “hozirgi alğov-dalğovlik uçun javobgar bölmasligini” aytgan. 

Jonsonning “qoçib qolişi” kinoyalarga ham sabab böldi.