7 yanvar kuni Özbekiston elçisi Ğayrat Fozilov (qarorgohi Bryussel şahrida) valiahd Buyuk gersogi Giyom (Vilgelm)ga işonç yorliqlarini topşirdi.

Qayd etilişiça, marosim doirasida bölib ötgan suhbatda valiahd Buyuk gersog Özbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirgan. Muloqot çoğida, şuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollari atrofliça muhokama qilingan.

Suhbat söngida Lyuksemburg valiahd Buyuk gersogi Özbekiston elçisini mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning ikki mamlakat örtasida hamkorlikni çuqurlaştirişga qaratilgan faoliyatini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirgan.

Ğayrat Fozilov Özbekistonning Belgiyadagi, şuningdek, örindoşlik asosida Niderlandiya va Lyuksemburgdagi (qarorgohi Bryussel şahrida) elçisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi vakolatxonalari rahbari hisoblanadi. 2023 yil 5 dekabrda diplomatik missiyasini bajariş uçun Bryusselga yetib kelgan.

Belgiyaga tayinlanişidan oldin u 2015-2017 va 2021–2023 yillarda Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari lavozimida işlagan. 2024 yil 7 fevral kuni Fozilov Belgiya qiroli Filippga, 14 noyabr kuni esa Yevropa kengaşi prezidenti Şarl Mişelga işonç yorliqlarini topşirgan edi.