Lyuksemburgning buyuk gersogi Anri keyingi yil taxtdan voz keçmoqçi ekanini ma’lum qildi. Uning aytişiça, tönğiç öğli Giyom 2025 yil 3 oktyabrdan boşlab davlat rahbarligi majburiyatlarini öz zimmasiga oladi.
«Men oxirgi marta davlat rahbari sifatida rojdestvo nutqini sözlamoqdaman», — deydi gersog.
«Ortga nazar taşlar ekanman, ötgan qariyb 25 yilimga minnatdorçilik va tavoze bilan qarayman. Bu Lyuksemburg rivojlanişga erişgan davr böldi va men sizlar bilan birga uşbu sayohatning bir qismi bölganimdan xursandman», — deya ta’kidlaydi u.
Buyuk gersog Anri 69 yoşda. U gersog Jan va buyuk gersoginya Jozefina-Şarlottaning tönğiç farzandi. Anri Lyuksemburg tarixidagi töqqizinçi buyuk gersog va Yevropadagi 12 monarxdan biri hisoblanadi. U 2000 yilda, otasi 36 yillik boşqaruvdan keyin taxtni topşirganida hokimiyat tepasiga kelgan. Gersog Jan 2019 yilning aprelida 98 yoşida vafot etgan.
Gersog Anri asli kubalik bölgan Mariya Terezaga uylangan. Juftlikning beş nafar farzandi bor: Giyom, Feliks, Lui, Aleksandra va Sebastyan. 2020 yilning yanvarida u mahalliy OAVga oçiq murojaat bilan çiqib, rafiqasini tanqid qilişlarini töxtatişni söragan. RTL naşri gersoginya «xohlaganini qilişi» va «heç kim unga qarşilik körsatmasligi» haqida yozgan. Letzebuerger Land naşri u saroy xodimlariga nisbatan hurmatsizlik qilişi, Daily Mail esa 2015 yildan beri saroyning 50 dan ortiq işçisi işdan böşab ketgani töğrisida xabar bergan.

















