Bugun, 17 sentabr kuni Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionatining törtinçi kun bahslari ötkaziladi.
Reglamentga köra, uşbu kun dasturida ayollar kuraşi böyiça saralaş bahslari va yunon-rim kuraşida keçagi dasturdan söng medallar uçun kuraşadigan sportçilar bahs olib borişadi. Özbekiston ayollar jamoasidan ikki nafari Dauletbike Yaxşimuratova (-50 kg) hamda Aktenge Keunimjayeva (-53 kg) Tokio Olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritişga urinib köradi. Sevara Eşmuratova (-55 kg) kuraşadigan vazn Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilmagan va uşbu sportçi JÇ medallari uçun bahs olib boradi.
-50 kg: Dauletbike Yaxşimuratova – Emilia Sirisu (Moldova)
-53 kg: Aktenge Keunimjayeva – Lianna Errera (Kuba)
-55 kg: Sevara Eşmuratova – Annika Vendl (Germaniya)
16 sentabr kungi bahslar yakuniga köra, Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratovni mağlub etgan raqiblar (Keniçiro Fumita va Tamaş Lorins) finalgaça yetib borgani uçun ular bronza medali va Tokio-2020 litsenziyasi uçun kuraşiş imkoniyatini saqlab qolişgan. Ularning bu yölda ötiş bosqiçidagi dastlabki raqiblari quyidagiça:
-60 kg: Elmurat Tasmuradov – Andres Montano (Ekvador)
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Volodimir Yakovliyev (Ukraina)











