Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Rossiya Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin boşçiligida mamlakatimizda rasmiy taşrif bilan bölib turgan delegatsiyani qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, oliy darajadagi muntazamlik kasb etgan samarali muloqot Özbekiston va Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlariga mutlaqo yangi sur'at bağişlaş, ularni aniq mazmun bilan boyitişga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Şu ma'noda Davlat dumasi yuksak darajali delegatsiyasining uşbu taşrifi köp qirrali hamkorlikni har tomonlama mustahkamlaşga ikki tomon ham intilayotganining navbatdagi tasdiğidir.
Vyaçeslav Volodin, öz navbatida, samimiy qabul uçun Prezidentimizga çuqur minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda mamlakatlarimiz örtasida siyosiy muloqotni yanada rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, ta'lim, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Faol parlamentlararo muloqotlar va almaşinuvlarni, jumladan, Özbekiston va Rossiya parlamentlari palatalari örtasida yölga qöyilgan hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalangan holda davom ettiriş muhimligiga alohida e'tibor qaratildi.
Qonun ijodkorligi faoliyatining turli masalalari böyiça yaqin şeriklikni yölga qöyiş, hududlararo aloqalar va istiqbolli kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş, ikki va köp tomonlama kelişuvlar, jumladan, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasida qabul qilingan bitimlarni amalga oşirişga kömaklaşiş hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida qayd etildi.
Vyaçeslav Volodin Özbekiston va Rossiya örtasidagi keng kölamli hamkorlikni har tomonlama mustahkamlaş maqsadida parlamentlararo aloqalarni kengaytirişga intilişi qat'iy ekanini tasdiqladi.
Uçraşuv söngida yuqori martabali mehmon joriy yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va mahalliy vakillik hokimiyati organlariga saylovlar muvaffaqiyatli ötişini tiladi.

















