Vazirlar Mahkamasining “2019–2020 yil qish-bahor mavsumida respublika aholisi va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

2019-2020 yillar qish va bahor mavsumida ichki iste'mol bozorini kafolatli ta'minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:

2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning umumiy prognoz hajmlari;

2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning tayyorlov tashkilotlari bo‘yicha prognoz hajmlari;

2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi hududiy tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;

2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan hududiy tayyorlov tashkilotlarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;

2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;

2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;

2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;

2019-2020 yillar qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, karam va dukkakli mahsulotlar) zaxiraga jamg‘arishning reja-jadvali tasdiqlanadi.

Quyidagilar: