5G texnologiyasini tatbiq etişni tezlaştiriş muhim va kerakliligi haqida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning aprel oyida Pekinda Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga taşrifi davomida aytib ötgan.

Özbekistonda 5Gni tatbiq etiş böyiça Prezident topşiriğini bajariş uçun «Coscom» MÇJ (Ucell savdo belgisi) mobil aloqaning beşinçi avlodi – 5Gni sinaş jarayonini boşladi, bu texnologiya özining yuqori tezlikda ma'lumot uzatiş imkoniyatlari bilan çindan ham innovatsion hisoblanadi.

Zamon texnologik talablariga mos tarzda, Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi operatorlar, provayderlar hamda Özbekistonga telekommunikatsion qurilmalarni olib keluvçi mutaxassislarni taklif qilib, mamlakatda 5G tarmoğini tatbiq etiş böyiça takliflarni taqdim etişlarini söradi.

An'anaviy tarzda Özbekistonda sönggi texnologiyalarni birinçilardan bölib tatbiq etuvçi Ucell kompaniyasi taklifni qabul qilib, sentabr oyida 5G tarmoğini sinaş uçun ruxsat oldi.

Birinçi 5G tijoriy tarmoğini rivojlantiriş uçun Huawei kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan eng yangi qurilmalar xarid qilinib, mamlakatga kiritildi.

Şu kunlarda kompaniya mutaxassislari Ucellning Toşkentdagi boş ofisi – Ucell Plazada birinçi 5G sinovini ötkazdi.

Real şartlarda qayd etilgan maksimal tezlik 1 Gbit/s ga yaqin böldi. SpeedTest servisi yordamida amalga oşirilgan ölçovlar 1376 Mbit/s gaça yuklaş tezligini körsatdi.

25-27 sentabr kunlari yillik «ICT EXPO 2019» körgazmasi doirasida Ucell iştirokçilar hamda mehmonlar uçun yoqimli syurpriz tayyorlamoqda: sinov rejimida 5G qurilmasining namoyişi! Gap nafaqat mumkin bölgan yangi imkoniyatlar taqdimoti haqida, balki kompaniya stendida 5G texnologiyasining afzalliklarini sinaş imkoniyati haqida ketmoqda.

Birinçi 5G tarmoğining tijoriy qamrovi şu yili Tashkent City Xalqaro biznes markazida Ucell kompaniyasining mutaxassislari tomonidan joriy etiladi.

Şundan keyin mobil tarmoqning beşinçi avlodi kundan kunga yanada köproq hududni qamrab boradi hamda tez orada, HD sifatidagi bir soatlik filmni yuklab oliş uçun sizga bir neça soniya kifoya böladi.