Jurnalistlar va blogerlarning huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi

O‘zbekistonda «OAV to‘g‘risida»gi va «Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganib chiqib, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosati Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, bunda quyidagilar hisobga olinadi:
jurnalistlar va blogerlarning huquqlarini himoya qilish, ommaviy axborot erkinligini noqonuniy cheklashga yo‘l qo‘ymaslik, senzura;
ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratining muhim va ta'sirchan omili sifatida pozitsiyasini mustahkamlash, jamiyat hayotidagi demokratik tamoyillarni mustahkamlash;
milliy ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish, shu jumladan imtiyoz va preferensiyalar berish, davlat subsidiyalari, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar tizimi orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tahririyat xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish;
media bozorda raqobat va monopolizmni bartaraf etish, axborot sohasida tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiyalarni jalb etish, intellektual mulkni himoya qilish;
milliy axborot resurslar yaratilishini rag‘batlantirish, mahalliy kontent ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash;
davlat axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, axborot xavfsizligini ta'minlash sohasida hududiy, nodavlat teleradiostansiyalarning huquq va majburiyatlarini oshirish;
tarqatish taqiqlangan va (yoki) cheklangan ommaviy axborot vositalarida tarqatishning oldini olish.
Amalga oshirish tartibi - O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi, muddat - 2020 yil II chorak. Mas'ul ijrochilar - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, AOKA, Adliya vazirligi, SMTI, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MTRK, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston elektron OAV milliy assotsiatsiyasi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi
O‘zbekiston | 10:37
-
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
Jahon | 10:11
-
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Navoiyda vintilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 09:47
Mavzuga oid

09:00 / 11.02.2024
O‘zbekiston televideniyesi qanday bo‘lishi kerak?

18:30 / 04.03.2023
Axborot siyosatining samaradorligi nima bilan o‘lchanadi?

21:01 / 25.02.2023
“Axborot siyosatimiz milliy manfaatlarimizga javob bermaydi” - faollar

16:24 / 24.02.2023