Jurnalist Karim Bahriyev, yozuvçi Uluğbek Hamdam va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz’ga bergan intervyusida Rossiya-Ukraina uruşi fonida özbek matbuoti mustaqilligi va unda milliy manfaatlar himoya qilinişining darajasiga ham baho berdi.
— Davom etayotgan uruş fonida Özbekistonning axborot siyosati mustaqilligi, suverenitetiga qanday baho berasizlar?
Şuningdek, sizlarga navbatni berişdan oldin hamma biladigan, sezadigan va katta tahlillar talab qilmaydigan bir holatni ham aytişim kerak. Bugun özbek jamiyatida Rossiya bosqinini oqlaydigan, uni qöllab-quvvatlaydigan qatlam afsuski, kam emas. Bu endi Özbekistonning köp yillar rus propagandasi ta’sirida bölgani va Özbekistonning öz axboroti yaratilmagani oqibati. Sizningça, davlat odamlarni şunga öxşaş xavfli propaganda ta’siridan himoyalaş, odamlarda axborotni töğri sintez qiliş qobiliyatini şakllantiriş uçun nimalar qilişi kerak?
Karim Bahriyev:

— Bu – çuqur öylantiradigan narsa. Siz bilan mening suhbatimiz ham şu axborot siyosatiga kiradi. Masalan, MTRK biz istagan narsani gapirmagani bilan, yuqoridagi kimdir istagan gaplarni aytyapti.
Tezkor emasligi, yuqoridan buyruq kutişi bir muammo. Masalan, xorijiy axborot vositasi tekşiruvli material e’lon qilsa, javobi yöqligi kabi kamçiliklari bor.
Ukraina masalasini boşqalar yorityapti, lekin Özbekiston TVsi va radiosi heç narsa gapirmadi. Biror haftadan keyin neytrallik haqida gap çiqdi, xolos. Istalgan har qanday «trend»dagi mavzu çiqsa, ular tepa nima derkan deb kutib qoladi. Nima deyişi yozib berilmagunça jim ötiradi.
Bundan taşqari, Kun.uz kabi axborot saytlari bor, diniy kontent qiluvçi saytlar bor, çetda bölsa ham muxolif fikr bildiradigan axborot beruvçilar bor – bular hammasi axborot siyosati içiga kiradi.
Davlat matbuoti davlat manfaatini himoya qiladi, xususiy matbuot esa egasining manfaatini himoya qiladi. Bizda jamiyat matbuoti yöq. Masalan, BBC – Angliyada jamoatçilik radiosi. AQŞda jamoatçilik televideniyesi bor. Soliq beruvçilar pulidan ta’minlanadi. Ular hukumatni ham tanqid qiladi, çunki xalq puliga işlayapti. Bizdagilar budjetdan mablağ oladi, aslida bu pul ham bizning soliqlarimizdan. Lekin jamiyatning matbuotga ta’sir qiliş mexanizmi yöq. Xalq örtasidagi obröli şaxs jamoatçilik kengaşini boşqarsa va matbuotga ham ta’sir ötkazsa, şunda matbuotga jamiyatning ta’siri böladi.


















