Bugun, 18 sentabr kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi binosida Moliya vazirligi, bojxona qömitasi, statistika qömitasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi vakillari bilan anjuman ötkazildi. Unda eksportbop, import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş, mustahkam sanoat tizimini yaratiş va boşqa masalalar ijrosi qanday amalga oşirilişi yuzasidan mulohazalar bildirildi. Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari Öktamjon Karimov ayni vaqtda işlab çiqaruvçi va iste'molçi örtasida aloqaning sustligini ta'kidlab ötdi va buni hal qiliş uçun vazirlik tomonidan qilinadigan harakatlar haqida ma'lumot berdi.

“Özbekistonda iste'molçi va işlab çiqaruvçilar örtasida mustahkam aloqa tizimi yöq. Buni özgartiriş uçun nima qilmoqçimiz? Yeçimini topdik: cooperation.uz sanoat elektron portali işga tuşiriladi. Mamlakatda 610 ta yirik va 64 mingdan ziyod kiçik sanoat korxonalari bor. Ular qanday turdagi mahsulot işlab çiqarişi, eksport, import hajmi – hammasi haqidagi ma'lumotlar portalga joylaştiriladi. Jarayonni 2 bosqiçda amalga oşiramiz. Birinçisida davlat uluşi bölgan sanoat korxonalari haqida ma'lumotlar beriladi. Ikkinçi bosqiçda esa xususiy korxonalar ham qamrab olinadi. Portalga a'zo böliş bepul va u 24/7 rejimida işlaydi. Eng katta yutuq ma'lumotlar oçiq taqdim etilişidir. Istagan foydalanuvçi portalga kirib Özbekistonga qanday turdagi mahsulot qança miqdorda import yoki eksport qilinayotgani haqida bilişi mumkin”.
















