Özbekistonda 57ta pudrat korxonasi Suv xöjaligi vazirligi tizimidan çiqariladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 19 sentabr kuni suv resurslarini boşqariş tizimini isloh qiliş va suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda aytildi.

Qayd etilişiça, hozirda suv obektlarini quriş, rekonstruksiya va ekspluatatsiya qiliş böyiça ham buyurtmaçi, ham pudratçi vazifasini bitta idora – Suv xöjaligi vazirligi amalga oşirmoqda. Bu esa soğlom raqobatga salbiy ta'sir körsatişi mumkin.

Şu bois 57ta pudrat korxonasini vazirlik tizimidan çiqarib, alohida aksiyadorlik jamiyatiga birlaştiriş vazifasi qöyildi. 

Suv iste'molçilari uyuşmalari faoliyatini qayta körib çiqiş zarurligi, ular investitsiya, grant va boşqa mablağlar jalb qila oladigan, maxsus texnikalarga ega, fermerlarga sifatli xizmat körsatuvçi professional tuzilma sifatida faoliyat yuritişi kerakligi körsatib ötildi.