Aksiyadorlik tijorat «Qişloq quriliş bank» davlatimiz rahbarining «2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida»gi qaroriga muvofiq, amalga oşirilayotgan Davlat dasturlarida faol iştirok etmoqda. Joriy yilda bank tomonidan 6508 ta uy-joylar qurilişi moliyalaştirilmoqda.
Ahamiyatli jihati şuki, 2019 yilda energiya tejamkor uylar ham barpo etilmoqda. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot dasturi, Global Ekologik Fondi va Özbekiston Respublikasi Quriliş Vazirligining «Özbekiston Respublikasining qişloq joylarda energiya samarador uy-joylar qurilişini rivojlantirişga kömaklaşiş» qöşma loyihasi doirasida 2019 yilda tajriba tariqasida 800 ta kam uglerodli qişloq uylari qurilişi közda tutilgan.
Bugungaça qöşma loyiha ijrosi uçun 1 million AQŞ dollariga yaqin grant mablağlari ajratilib, töliq özlaştirildi. Grant mablağlari, «Qişloq quriliş bank» tomonidan amalga oşirilayotgan «yaşil ipoteka» dasturi doirasida, BMTning Taraqqiyot dasturi va bank örtasida tuzilgan kelişuv şartnomasi asosida ajratilmoqda.

«Yaşil ipoteka» atamasi uy-joy egasiga energiya tejaş va issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirişni ta'minlovçi qurilmalar va materiallarni sotib oliş uçun, boşqaça qilib aytganda, mavjud bölgan eski uyni qayta jihozlaş uçun qöşimça mablağ olişga imkon beradigan moliyalaştirişni anglatadi.
Kam uglerodli uylarda energiya tejamkor uylarda işlatiladigan barça turdagi energiya tejovçi yeçimlardan foydalanilişidan taşqari yoruğlik ehtiyojlarini elektr energiyasi bilan ta'minlaş uçun fotoelektrik quyoş panellari örnatilmoqda. Bunday uylarning narxi energiya tejamkor uylarga nisbatan 7 foizgaça yuqori bölişi mumkin, ammo ular energiya sarfini 25,1 foizgaça kamaytirişga imkon beradi. Çunki, ular elektr tarmoğidan mustaqil ravişda işonçli elektr bilan ta'minlanadi.
Muhim jihati, energiya tejamkor uy narxiga qöşilayotgan qöşimça xarajatlar uy-joy egasining hisobidan emas, balki qöşma loyiha doirasida ajratilayotgan grant mablağlari hisobidan qoplanadi.
Energiya tejamkor uylarda taşqi devor, şift va poydevorning issiqlik izolyatsiyasini öz içiga olgan bir qator tejamkor, energiya tejovçi yeçimlar qöllaniladi, qolaversa, isitgiçlarda termostatik jömrak va issiqlik reflektorlaridan foydalaniş közda tutilgan.













