Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning olti oyi davomida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2 milliard AQSh dollaridan oshdi.
O‘tgan yilning shu davrida o‘zbekistonliklar vatanga 1,8 milliard dollar yuborgan. Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston hali ham birinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi pog‘onalardan Tojikiston, Qirg‘iziston va Armaniston joy olgan.
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekiston fuqarolarining vatanga rasmiy pul o‘tkazmalari hajmi 5 milliard dollarni tashkil etgan. Buning katta qismi - 4 milliard dollardan ko‘prog‘i - Rossiyadan kelgan.







