DW xabariga köra, Prokudin bu haqda 29-sentabr kuni Telegram-kanalida maʼlum qilgan.

Uning aytişiça, qaytarilganlar orasida Rossiya harbiylari harbiy hisobga turişga majburlagan 16 yoşli ösmir ham bor. Şuningdek, xavf-xatarlarga qaramay, ukrain taʼlimini olişga intilgan 17 yoşli qiz ham Ukraina nazoratidagi hududga olib çiqilgan.

Bolalar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Bring Kids Back UA taşabbusi doirasida, Save Ukraine xayriya taşkiloti kömagida qaytarilgan.

Prokudinning maʼlum qilişiça, 2026-yil boşidan buyon Xerson viloyatining bosib olingan hududlaridan jami 204 bola Ukraina nazoratidagi hududga olib çiqilgan.

Ukraina rasmiylari maʼlumotiga köra, aprel oyi oxiri holatida ukrain bolalarini Rossiyaga deportatsiya qiliş yoki majburan köçiriş bilan boğliq 20 570 dan ortiq holat tasdiqlangan.

Öşa paytgaça 2126 bolani qaytarişga muvaffaq bölingan. Bu raqamga Rossiyaga majburan olib ketilganlar, vaqtinça bosib olingan hududlar içida köçirilganlar, şuningdek, boşqa joyga köçirilmagan, ammo Rossiyaning «qayta tarbiyalaş» amaliyotiga duçor bölgan bolalar ham kiritilgan.

DW qayd etişiça, BMTning mustaqil xalqaro komissiyasi ukrain bolalarining noqonuniy deportatsiya qilinişi va ularning Rossiyada uzoq muddat qolişi uçun şaroit yaratilişini insoniyatga qarşi jinoyatlar deb baholagan.

2023-yil martida Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi Ukraina bosib olingan hududlaridan bolalarni noqonuniy deportatsiya qiliş va köçiriş bilan boğliq harbiy jinoyatlarda gumon qilib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order bergan. Rossiya prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham şunday order çiqarilgan.

28-sentabr kuni Yevropa Ittifoqi ukrain bolalarining Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilinişi munosabati bilan 10 jismoniy va 17 yuridik şaxsga sanksiya joriy etgan. Çeklovlar bolalarni majburan köçiriş va assimilyatsiya qiliş, jumladan, mafkuraviy taʼsir ötkaziş hamda harbiylaştirişga masʼul deb körsatilgan şaxs va taşkilotlarga qaratilgan.