Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin malakali muhojirlarga Rossiya fuqaroligini berishni soddalashtirish to‘g‘risida farmon imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborot rasmiy internet-portalida e'lon qilindi.
Gap Rossiya fuqaroligini olish uchun yuqori malakali chet ellik mutaxassisga talab qilinadigan ish stajining uch yildan bir yilgacha qisqartirilishi haqida ketmoqda.
Iyun oyining oxirida Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi Rossiyada yashayotgan va fuqaroligini olishni istagan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shuningdek, malakali mutaxassis sifatida soddalashtirilgan tartibda fuqarolikka ega bo‘lishni xohlaganlarning o‘z kasbi bo‘yicha ishlashi lozimligini belgilovchi muddatni uch yildan bir yilgacha qisqartirish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Vladimir Putin fuqarolarning ayrim toifalari uchun vaqtincha yashash huquqi va yashashga ruxsatnoma olishni soddalashtirishni nazarda tutadigan federal qonunni imzoladi. U 2019 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026