20 sentabr kuni Oliy Majlis Senatida töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasining birinçi majlisi ötkazildi.

Unda Özbekiston Musulmonlari idorasi masjidlar bölimi boşliği Muhammadnazar Qayumovning ta'kidlaşiça, töy-haşamlar, oilaviy marosimlar böyiça qabul qilingan qat'iy qarorni aholining katta qismi ijobiy qabul qilgan.

«Ijro masalasida esa har bir hududning marosim ötkaziş böyiça öziga xosliklarini inobatga oliş zarur. Komissiyalar hududlarga borganda mana şu jihatni örganib qaytişsa, maqsadga muvofiq bölar edi.

Masalan, hozir Qoraqalpoğiston Respublikasidan qönğiroqlar bölyapti. Bizdagi ma'lumotga köra, hududning ba'zi joylarida janoza kuni rözğorda bor-yöqligiga qaramasdan bitta jonliq söyilişi zarur. Bundan taşqari, har bir vafot etgan şaxsga alohida tobut yasaş va uni qabristonda qoldiriş odati mavjud», deya ma'lumot berdi Muhammadnazar Qayumov.

Musulmonlari idorasi maçitlar bölimi boşliğining sözlariga köra, mana şunga öxşaş turli odatlarning alohida röyxatini şakllantiriş orqali  ularning yöqotilişiga tezroq erişiş imkoni bölişi mumkin.

«Imom-xatiblarimiz tuşuntiriş işlarida hamma narsani çiroyli yetkazib berişga qodir. Odamlar ham ularga quloq soladi.

Agar hozir Respublika böyiça 2065ta masjid bölsa, bu - 2065 nafar imom deganidir. Qöşimça 2 nafardan noibni ham hisoblasak, 7 ming nafarga yaqin diniy arboblarimiz bor», deya ma'lumot berdi Muhammadnazar Qayumov.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Özbekiston Musulmonlari idorasining 2002 yil qabul qilingan töy-ma'rakalar va ularning me'yori töğrisida qabul qilingan alohida fatvosiga ham özgartiriş kiritilişi mumkin.