Dzyudo böyiça Toşkent Gran-pri turnirining birinçi kun bahslari bölib ötdi. Unda erkaklar -60 va -66 kg vaznda tatamiga tuşdi. Qizlar -48, -52 va -57 kgda öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazdi.
-60 kgda iştirok etgan tört nafari özbekistonlik dzyudoçilardan Diyorbek Örozboyevgina şohsupagaça yetib bora oldi. U öz guruhida ğolib bölib, yarimfinalga çiqdi va bu bosqiçda rossiyalik Yago Arveladzega yutqazdi. Bronza uçun bahsda turkiyalik M.Akkusdan ustun keldi. Yana bir bronza Y.V.Yangga nasib etdi. Finalda Arveladze yaponiyalik G.Kagoni ippon bilan mağlub etib Gran-pri ğolibi böldi.


-66 kg vaznli polvonlar bahslarida özbekistonlik dzyudoçilar kuçli va töliq tarkibda qatnaşdi. Sardor Nurillayevdan boşqa barçasi ilk uçraşuvlardayoq raqiblariga mağlub bölişdi. S.Nurillayev guruh ğolibligi uçun kuraşda rossiyalik Ya.Şamilovga yengilgan bölsa-da, medallar uçun kuraşiş imkoniyatini saqlab qoldi. Keyingi ikki bahsda raqiblaridan ustun kelib bronza medaliga ega çiqdi. Yakunda Şamilov Y.Aida ustidan ğolib keldi. Yana bir bronza medali misrlik M.Abdulmaşhudga nasib etdi.


Ayollar örtasidagi musobaqalarda özbekistonlik Sita Kadamboyeva -52 kgda yettinçi örindan joy oldi.
















